Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlandi
3-sahifa
−
05 Sentabr 2023 15057 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda respublika prokuraturasi ma’lum qildi.
Ellikqal’a tumani “Amirobod” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.Z. tuman Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni qo‘shnisi Z.Sh. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanini bildirgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining bugun, 5 sentyabrdagi xulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish hujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
“Tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olinadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangandi. Shundan so‘ng, erkaklarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Live
Barchasi