Qoraqalpog‘istonda “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘istonning 422 ta mahallasida “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etiladi. Bu haqda bugun, 21 sentyabr kuni O‘zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra, hokim yordamchilari mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqa, bo‘sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ularning qo‘lida o‘zining byudjeti bo‘ladi. Hokim yordamchilari mahallaga biriktirilgan soliq, bank, yo‘l va boshqa idoralar xodimlari bilan birga ishlaydi.

Ushbu lavozim egalari soliq, bank, iqtisodiyot, investitsiya, moliya idoralari, hokimiyatda ishlaydigan bilimli va fidoyi yoshlar orasidan tanlanadi. Ular yangi tizim bo‘yicha ishlashga o‘qitiladi va ishining natijasiga qarab yaxshi oylik to‘lanadi. 2-3 yil mahallada ishlab, yaxshi natija ko‘rsatgan hokim yordamchilarini, kelgusida hokim va vazir lavozimlariga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing