Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 aprel 2025 5317 1 daqiqa
Temur Baxtiyorovich Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qarg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Temur Yusupov tayinlovga qadar “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining Yerdagi inshootlardan foydalanish va transport boshqarmasining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Baxtiyor Abdullayevich Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi