Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining kecha, 25 avgust kuni qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan. Xususan, o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro‘yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing