Qoraqalpog‘iston va Andijonda fuqarolarga ajratilgan subsidiya mablag‘lari “yeb yuborildi”

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida subsidiya mablag‘ini talon-toroj qilgan korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Bo‘ston tumanida “B.m.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari R.K. tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga 50 nafar fuqaroning bandligini ta’minlaganligi haqidagi soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 122,5 mln so‘m subsidiya mablag‘ini ajratilishiga erishib, talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida “SH.B.” MCHJ mansabdor shaxslari tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan va subsidiya ajratish haqida murojaat qilgan 16 nafar fuqaroga issiqxona qurib berish uchun hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan 89 mln so‘mni kredit qarzdorligini so‘ndirishga hamda MCHJning savdo do‘konini qurishga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing