Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
Jamiyat 31 iyul 2020 20:05
17912
Bugun, 31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov 73 yoshida vafot etdi. U iyul oyi boshlarida koronavirusga chalingan edi.
Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi “Bemor hozirda respirator terapiya olmoqda – u o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda”, degan bayonotni bergan edi.