Qoraqalpog‘iston prokuraturasi binosida yong‘in chiqdi  (video)  

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi binosida yong‘in kelib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 1 sentyabr kuni soat 14:30 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi binosining 3-qavat balkonida yong‘in yuz bergan. 

Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib kelgan va yong‘inni qisqa vaqtda bartaraf etgan. 

Holatga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yong‘in oqibatida balkondagi shift qismi (4 m2) zararlangan. Jarohatlanganlar yo‘q. 

Hozirda, mazkur holat buyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing