Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
06 mart 2022
10607Polkovnik Amanbay Tleubayevich Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabar berdi.
Tayinlovga qadar Amanbay Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil fevralidan 2022 yilning yanvar oyiga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida Aytbay Temirxanov ishlagan.
LiveBarchasi