Qoraqalpog‘iston Adliya vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2020 6207 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan Saylaubay Amanbayevich Mambetkadыrov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Saylaubay Mambetkadirov 1980 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2002 yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini (sirtqi), 2004 yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini magistratura bo‘limini (kunduzgi), 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2001 yilda Mo‘ynoq tuman markaziy kasalxonasining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlab, 2004-2008 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.
Saylaubay Mambetkadыrov 2018 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Live
Barchasi“Chust oshi” ham patentlandi
11 iyun