Qoraqalpog‘istonda 18 yoshli yigit o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
22 iyul 2021
5129Kecha, 21 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Tarakli mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l ko‘prigi ustida 2003 yilda tug‘ilgan K.A. ismli voyaga yetmagan shaxs o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
U ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘layotgan paytda shu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori leytenant I.Jamolov tomonidan qutqarib qolindi.
K.A. bilan psixiatr ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib ota-onasiga topshirildi.
Hozirgi paytda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi