Qorabog‘da otishma. O‘q Rossiya qo‘riqlayotgan hududdan uzilgani aytilmoqda

Olam

image

Ozarbayjon armiyasining Armaniston bilan chegarasi va Qorabog‘dagi pozitsiyalari o‘qqa tutildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“8 noyabr soat 18:40 dan 9 noyabr 02:20 ga qadar Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Bosarkechar tumanining Yuqori Sho‘rja, Azizli, Yuqori Zagali va Tovuzgala tumanining Chinorli aholi punktlari yo‘nalishidagi pozitsiyalaridan Kalbajar viloyatining Mullabayramli, Yellija, Zyaylik, Zagali va Tovuz viloyatining Ag‘dam aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari turli kalibrli o‘q otish qurollaridan o‘qqa tutildi”, deyiladi harbiy boshqarma matbuot xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra,Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Xo‘javand viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalari Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan joydagi noqonuniy arman qurolli otryadi a’zolari tomonidan o‘qqa tutilgan. 

“Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda joylashgan Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. 

Shuningdek, ushbu qurolli to‘qnashuvda Yerevan Ozarbayjonni aybbladi. Qayd etilishicha, 9 noyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon Qurolli kuchlari chegaraning sharqiy yo‘nalishida Armaniston armiyasining jangovar pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. 

“8 noyabrdan 9 noyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari Armaniston-Ozarbayjon chegarasining sharqiy qismida joylashgan arman pozitsiyalariga turli kalibrli o‘q otish qurollaridan o‘t ochdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. 

Departamentning qo‘shimcha qilishicha, soat 10: 00 holatiga ko‘ra vaziyat nisbatan barqaror. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing