Qora dengizda NATO mashg‘ulotlari boshlandi

Olam

image

Qora dengizda NATOning “Poseydon 21” mashqlari boshlandi. Ularga Ruminiya rahbarlik qiladi, shuningdek yana olti mamlakat harbiylari ishtirok etmoqda. Bu haqda Ruminiya floti bosh shtabi saytida aytilgan.

“Konstansa flotining qo‘mondonligi dengiz, quruqlik va havoda rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda, bunda Bolgariya, Fransiya, Gretsiya, Ruminiya, Ispaniya, AQSH va Turkiyadan kuch va vositalar ishtirok etmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, mashqlar 6 martga qadar davom etadi. Maqsad mintaqaviy xavfsizlik muhitidagi doimiy o‘zgarishlar sharoitida Ittifoq kuchlarining ta’sirchanligini oshirish hisoblanadi.

Ishtirokchilar suv osti tahdidlariga qarshi kurash, xususan dengiz minalari va qo‘lbola portlovchi moslamalar, samolyotlar, yer usti kemalari va dushmanning suv osti kemalarini aniqlash va yo‘q qilish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, dengiz zaxirasini to‘ldirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing