Qora dengiz sohillarida suv oltin tusga kirdi
Olam
−
28 dekabr 2021 9391 1 daqiqa
Bugun, 28 dekabr kuni Qora dengizning Yevpatoriya shahri (Rossiya) bilan tutash sohillari yorqin oltin tusga kirdi. Mahalliy aholi dengiz sohilidagi ushbu noyob hodisa suratlarini tarqatmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari tabiat hodisasi haqida hazillashib, hozir Qora dengiz ko‘proq oq ko‘pikli ulkan pivo krujkasiga o‘xshab qolganini aytishmoqda. Darhaqiqat, videoda yumshoq oq ko‘pik bilan qoplangan oltin to‘lqinlar qirg‘oqqa urilayotganini ko‘rish mumkin.
Ko‘pchilik suv dengizga to‘kilgan kimyoviy moddalar sabab shunday tusga kirgan deb qo‘rqishgan. Ammo mutaxassislar mintaqa aholisi va mehmonlarini tinchlantirishdi. Manzara juda tabiiy edi. Bo‘ron paytida to‘lqinlar qumni suvga aralashtirib yuborgan va qum cho‘kishga ulgurmagani ortidan suv oltin tusga kirgan.
Munira Tursunova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr