Qora bozorda dollar narxi 9600 so‘mga yetdi
Jamiyat
−
18 avgust 2019
17460O‘zbekistonda qo‘ydi-chiqdi, "snos"lar, siyosiy islohotlar bir taraf, dollarning soat sayin oshib borishi bir taraf bo‘lib turibdi. O‘qituvchiyu shifokor, oshpazu tadbirkorning og‘zida bir gap: dollar oshib ketyapti.
Bundan ikki kun avval Markaziy bank valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilagan edi. 16 avgustdan amal qilayotggn rasmiy kursga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9061 so‘m bo‘lib turibdi.
Hafta oxirlarida dollarning qora bozordagi kursi 9200 bo‘lgan bo‘lsa, bugun, 18 avgustga kelib 9400 so‘mdan oshib ketdi. Mamlakatdagi yirik bozorlar, ayniqsa, maishiy texnika, xorijdan keltirilgan kiyim-kechaklar do‘konlarida mahsulotlar narxlari dollarga chaqilib sotilmoqda.
QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Toshkentdagi Fleshka (Malika) maishiy texnika do‘konlarida mahsulotlar dollar qiymati 9400 so‘mdan hisoblanib sotilmoqda. Abu Saxiydagi do‘konlarda esa dollar 9500-9600 so‘mdan chaqilayotganini ko‘rish mumkin.
"O‘rikzor" bozori, Abu Saxiy oralig‘idagi mebel va gilam do‘konlarida ham shu ahvolni kuzatilmoqda. Ayrim do‘kondorlar savdo qilishni to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, dollarning keskin oshib ketishi bilan bog‘liq O‘zbekistondagi kabi holat o‘tgan yildan buyon Turkiyada ham kuzatilib kelinmoqda. Aynan 2018 yilning avgust oyida ushbu mamlakatda dollar kutilmagan darajada ko‘tarilib ketgan.
Turkiyada liraning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2018 yilning 13 avgust kuni eng yuqori darajani qayd etdi. Shu kuni 1 AQSH dollarining qiymati 7,11 turk lirasi bo‘ldi. Bu nafaqat oxirgi uch yillikdagi, balki Turkiya tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. Ayni vaqtda Turkiyada 1 AQSH dollarning liraga nisbatan qiymati 5,58 bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi