Qonuniylikni buzgan uch sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi
Jamiyat
−
30 may 2022
18501Toshkent, Samarqand va Qashqadaryoda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun uch nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari Islomjon Hamroyev;
Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining sudyasi Davron Nuraliyev;
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi Erkin Eshonboboyev lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
LiveBarchasi