Qonuniy nikoh bo‘lmasa ham farzandga aliment undirilishi mumkinmi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy hayotda oilaviy muammolarning aksariyatini ajrimlar va undan keyingi aliment masalalari hisoblanadi. Jumladan, qonuniy nikoh bo‘lmasa ham farzandga aliment undirish yoki undirmaslik borasida ko‘plab tortishuvlarga duch kelinadi. Quyidagi mana shu masalaga oydinlik kiritamiz.

Oila kodeksiga muvofiq agarda farzand otasi tomonidan tan olinib, farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida otasi haqidagi ma’lumotlarda uning ism-sharifi aks ettirilgan bo‘lsa, undan aliment talab qilish mumkin. Bunda nikohning rasman qayd etilgan etilmaganining ahamiyati yo‘q.

Agarda farzand otasi tomonidan tan olinmagan va uning tug‘ilganlik guvohnomasiga otasining ismi-sharifi kiritilmagan bo‘lsa, bunda aliment undirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

Otalikni belgilash:

farzandni otasi tan olgan holda – birgalikdagi ariza bilan FHDYO organlari orqali;
otasi otaligini tan olmagan bo‘lsa – sudga murojaat qilish orqali.

Bunda sudga otalikni belgilash haqidagi ariza bilan birgalikda aliment undirish haqidagi ariza bilan ham murojaat etish lozim bo‘ladi.

Aliment undirishning ikkita yo‘li mavjud: ota-ona o‘rtasida aliment kelishuvi tuzish orqali ixtiyoriy to‘lash, sud buyrug‘i yoxud sudning hal qiluv qarori asosida majburiy undirish.

Oila kodeksning 136-moddasiga ko‘ra, aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Shohruh Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing