Qonunga zid: Pashinyan Rossiyadan Su-30SM qiruvchi samolyoti sotib olganini tan oldi

Olam

image

Armaniston haqiqatan ham Rossiyadan Su-30SM qiruvchi samolyotlarini havo raketalari bo‘lmagan holda sotib olgan. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan Aragatsotn viloyati Oganavan qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

U bunday qaror uchun javobgarlikni mamlakatning avvalgi rahbariyatiga yuklagan. 

“Ha, biz samolyotni sotib oldik, u may oyida yetkazib berildi. Nega 26 yoshli davlatda qiruvchi samolyot yo‘q edi, buni kimdir tushuntirib bera oladimi?” deydi Bosh vazir.

Shu bilan birga, Pashinyan o‘tgan yilning kuzida Ozarbayjon bilan qurolli to‘qnashuvdagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

Yerevan jangovar qurollarni Moskvadan o‘q-dorilarsiz sotib olgani haqida 2020 yil noyabrida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Movses Akopyan e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda u mamlakat rahbariyatini samolyot sotib olishdan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan, ammo keyinchalik ular baribir sotib olingan.

Akopyan shartnomani imzolashdan oldin Bosh vazirga bu “jinoiy qadam” bo‘lishini shaxsan o‘zi aytgan, chunki Rossiya qonunlari Su-30SM uchun uchinchi mamlakatlarga qurol-yarog‘, shu jumladan raketalarni sotishni taqiqlaydi. Biroq, harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Yerevan o‘rtasidagi shartnoma mualliflari “Rossiya qonunchiligini o‘qimagan”.

2019 yil yanvar oyida Armaniston Rossiya bilan to‘rtta Su-30SM samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bir oy o‘tgach, Respublika rasmiylari yana sakkizta samolyot sotib olish niyatida ekanliklarini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing