Qonunchilik palatasi Spikeriga ayol o‘rinbosar saylandi
Jamiyat
−
04 may 2021
4181Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari va “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari etib Zuhra Ibragimova saylandi. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqqan.
Qayd etilishicha, majlisda xalq vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdi.
Ushbu lavozimga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimovaning nomzodi qo‘yilgan. Ibragimovaning nomzodi ko‘pchilikning ovozi bilan Spiker o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga saylandi.
LiveBarchasi