Qonun qabul qilingan: Prezident saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

O‘zgartirishga ko‘ra, Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi). O‘zbekistonda 2021 yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari 24 oktyabr sanasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).

Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan 8 fevra sanasidan e’tiboran kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

447

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing