Qonli raqamlar! Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni e’lon qilindi

Olam

image

Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 24 fevraldan 6 noyabrgacha 16 ming 462 nafar Ukraina aholisi jabrlangan. Ularning 6490 nafari halok bo‘lgan, 9972 nafari yaralangan.

Aksariyat tinch aholi keng qamrovli portlovchi qurollar, jumladan, og‘ir artilleriya va raketalardan halok bo‘lgan.

O‘lganlar orasida: 2 ming 533 nafar erkak, 1 ming 731 nafar ayol, 168 nafar qiz, 201 nafar o‘g‘il bola. Shuningdek, ularning 34 nafari bolalar va 1 ming 828 nafari kattalardir, ularning jinsi noma’lum.

Yaralanganlar orasida 2144 nafar erkak, 1541nafar ayol, 208 qiz, 295 o‘g‘il.bor. Yaralangan 242 nafar bola va 5542 nafar kattalarning jinsi esa noma’lum.

Donbassda - 3870 kishi halok bo‘lgan, 5234 kishi yaralangan. Donbassning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida 3433 kishi halok bo‘lgan, 3745 kishi esa yaralangan. Rossiya armiyasi nazorati ostidagi hududlarda 437 kishi halok bo‘lib, 1489 kishi jarohat olgan.

BMTga ko‘ra, real raqamlar ancha yuqori va bir qator mintaqalar, jumladan, shiddatli jangovar harakatlar olib borilgan hududlardan ma’lumotlar kechikmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing