Qondagi qand miqdorini ushlashda qanday mahsulotlar yordam beradi?
Salomatlik
−
13 Sentabr 2021
11321Diyetolog Gizem Germyush qondagi qand miqdorini ma’lum bir chegarada ushlab turishga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu borada baliq, ko‘k choy, qizil mevalar kabi mahsulotlar yordam beradi.
Ta’kidlanishicha, buning uchun ratsionga baliqni kiritish kerak, uni bir haftada uch marta yeyish mumkin.
“Tarkibida antioksidantlar ko‘p bo‘lgan ko‘k choyni shakarsiz iste’mol qilganingizda ham qondagi qand miqdori muvozanatli ekanligini sezasiz. Lekin bu yerda me’yor bo‘lishi kerak”, deb tushuntirgan Germyush.
Diyetolog kletchatkaga boy bo‘lgani uchun dukkakli ekinlarni haftasiga ikki marta yeyishni tavsiya qilgan. Ro‘yxatga, shuningdek foydali bo‘lgan qizil mevalarni kiritish ta’kidlangan.
Germyush uglevodli mahsulotlar bilan iste’mol qilinganida qondagi qand miqdorini tartibga solishga qodir bo‘lgan funduk, bodom, grek yong‘og‘ining foydali tomonlarini ham ma’lum qilgan.
Nihoyat, qondagi glyukoza darajasining keskin pasayishi yoki oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutaxassis yogurt va tuxumni ratsionga kiritishga chaqirgan.
LiveBarchasi