Qoidani buzgan YPX xodimiga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021 9340 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqda YPX xodimi qoidani buzgani aks etgan fotosurat tarqalgan. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan YPX xodimiga allaqachon chora ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Fotosuratda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Turkiston va Xiyobon ko‘chalari kesishmasida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 3-bandida belgilangan talablarni buzgan holda, avtomobil yo‘lida chizilgan yotiq chiziqni bosib harakatlangani aks etgan.

Holat o‘rganilgan va Lacetti rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025