Qog‘ozga yozilgan retseptlar qayerda paydo bo‘lgan?

Bu qiziq

image

Har yili 20 oktyabrda butun dunyoda Oshpazlar kuni nishonlanadi. Xalqaro sana 2004 yilda Butunjahon kulinar jamiyati assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu tashkilotning 8 million a’zosi bor.

Bugungi kunga kelib, 70 dan ortiq mamlakatda Xalqaro oshpazlar kunini nishonlash keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘ldi. 

Bayram tadbirlarini tashkil qilishda oshpazlardan tashqari, hukumat vakillari, sayyohlik kompaniyalari xodimlari va kichik kafelardan tortib, mashhur restoranlarga qadar ovqatlanish korxonalari egalari ishtirok etadi. Ular oshpazlar orasida mahorat tanlovi tashkil qiladi, degustatsiya va original taomlar tayyorlash bo‘yicha tajriba o‘tkazadi. 

Bir qator mamlakatlarda bolalar va yoshlar ishtirok etadigan tadbirlarga ham kam e’tibor qaratilmaydi. Oshpazlar bolalar ta’lim muassasalariga tashrif buyuradi, u yerda bolalarga ovqat pishirishni o‘rgatadi va sog‘lom ovqatlanishning ahamiyatini tushuntiradi. Yoshlar esa oshpazlik kasbi haqida ko‘proq ma’lumot bilib olishlari mumkin bo‘ladi. 

Oshpazlik kasbi dunyodagi eng talabgir va qadimiy kasblardan biridir. Qog‘ozga yozilgan birinchi retseptlar Bobilda, Qadimgi Misrda va Qadimgi Xitoyda, shuningdek Arab Sharq mamlakatlarida paydo bo‘lgan. Ulardan ba’zilari o‘sha davrning yozma yodgorliklarida hozirgi davrgacha yetib kelgan. 

Ayrim mutaxassislarning fikricha, zamonaviy o‘zbek oshxonasi o‘zining xilma-xil mazadagi taomlari bilan 120-150 yillar ilgari tashkil topgan. Aynan o‘sha yillarda O‘zbekiston hududiga yevropa davlatlari oshxonasining taomlarini tayyorlashda foydalaniladigan oziq-ovqat va qandolatchilik mahsulotlari kirib kela boshlagan. 

O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlarida o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shimoliy hududda  asosan palov va xamirli taomlar tayyorlansa, janubiy hududda esa ko‘proq guruch va sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar xush ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing