Qodirov Toshkentda ko‘tarilgan SSSR bayrog‘ini o‘zbek xalqiga haqorat deb atadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrilagi Istiqlol san’at saroyi oldida tashkil etilgan konsertda odamlar tomonidan SSSR bayrog‘i baland ko‘tarilgani aks etgan lavhalar tarqaldi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ushbu holatni o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb atadi.

“O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kuni kecha Toshkentdagi Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg‘araz konsert dasturida yo‘l qo‘yilgan g‘arazli provokatsiyani keskin qoralaydi”, deb yozadi deputat.

Shuningdek, u san’atga qarshi emasligi, san’atning siyosatga qurol qilinishiga qarshi ekanini ma’lum qilgan.

“Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari va oqko‘ngil ajdodlarimizning qoniga bo‘yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb xisoblaymiz”, deb yozadi MTDP rahbari.

Qodirov post oxirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan “bu provakatsiyaga tegishli baho berishni” so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov boshchiligidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga o‘zgartishlar kiritishga oid takliflar bergandi. Ammo ushbu takliflar deputatlar tomonidan qabul qilinmadi. Qodirovning o‘zi ushbu hodisani “bu masalaga o‘lmasak, 10 yildan keyin qaytamiz” deya izohladi.

Muhokamalar natijasida “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining taklifi qabul qilinmagan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 58 nafar deputat taklifni ma’qullagan, 48 nafari qarshi bo‘lgan, 5 nafari betaraf qolgan va 12 nafari esa ovoz bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1087

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing