Qodirov Tarbiya va ta’lim vazirligi tashkil etishni taklif qildi
Jamiyat
−
12 yanvar 2022
5938O‘zbekistonda Tarbiya va ta’lim vazirligi tashkil etilishi kerak. Bu taklifni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ilgari surdi.
Qayd etilishicha, yangi vazirlikning uchta: oila va xotin-qizlar masalalariga mas’ul, bog‘chada tarbiya va boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga mas’ul, maktabda ta’lim va tarbiyani tashkil qilishga mas’ul o‘rinbosarlari bo‘ladi.
“Bu vazirlik har bir bolani oiladan boshlab maktabdan chiqib ketgunicha (tug‘ilganidan 18 yoshgacha) bo‘lgan davrda tarbiyasi va ta’lim sifati uchun mas’ul bo‘ladi. Vazirlikka ota-onalar bilan yaqindan ishlash, ularni malakasini oshirish bilan birga, mas’uliyatsizlik uchun javobgarlikka tortishni tashabbus qilish vakolatlari ham berilishi kerak”, deydi Alisher Qodirov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni vaqtda ta’lim tizimi uchun mas’ul uchta vazirlik faoliyat yuritadi. Ular Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Avvalroq, Alisher Qodirov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni soliqqa tortishni taklif qilgan edi.
LiveBarchasi