Qodirov Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga zotdor otlarni sovg‘a qildi (video)
Jamiyat
−
31 iyul
16993Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tavallud kuni munosabati bilan 2 ta zotli ot tuhfa qildi. Bu haqda Qodirovning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Do‘stlar, bugun Grozniyda “Ahmat” Osiyo jangovar ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotli otni topshirdim. Bu otlar birodarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘adir. Uning bu jonzotlarga bo‘lgan mehrini bilganim uchun, bu sovg‘a unga yoqadi, deb ishonaman. Otlar yosh bo‘lishiga qaramay, turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan”, deydi Qodirov.
Shuningdek, Qodirov Mirziyoyevga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab, ikki tomon o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini qadrlashini bildirdi.
“Shuningdek, Shavkat Miromonovichga va barcha O‘zbekiston aholisiga eng samimiy tilaklarimni yetkazishni so‘radim. Checheniston mintaqalarimiz o‘rtasidagi mustahkamlangan yaqin qardoshlik munosabatlarini yuksak qadrlaydi. Albatta, bu borada Shavkat Miromonovichning shaxsan o‘zi katta hurmatga sazovor. Biz faol tajriba va bilim almashamiz, bu ham Checheniston Respublikasi, ham O‘zbekistonning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston xalqiga farovonlik, Shavkat Mirziyoyevga esa uzoq umr va o‘z respublikasini rivojlantirish rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman!”, deydi Checheniston rahbari.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 67 yoshga to‘ldi.
LiveBarchasi