Qodirov meni Chechenistonga taklif qildi – Nursulton Ro‘ziboyev (video)

Sport

image

Joriy yilning 26 may kuni Toshkentga kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev bilan ham uchrashib, sportchini mashg‘ulot o‘tkazish uchun Chechenistonga taklif qildi. Bu haqda Ro‘ziboyevning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

“Qodirov mendan UFC'da nechta jang o‘tkazganimni so‘rab, mashg‘ulot o‘tkazish uchun Chechenistonga taklif qildi va barcha sharoitlarni yaratib berishini aytdi. Avval Chechenistonga tez-tez mashg‘ulot o‘tkazgani borardim, Qodirov oxirgi paytlarda “Ahmat” klubiga kam borayotganimni eslatdi. Oybek Tursunov va Otabek Umarov ham kelgusi faoliyatimga omad tiladi”, deydi Ro‘ziboyev.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev 2023 yil 1 iyulda UFC'dagi debyut jangini o‘tkazgan. U tashkilotdagi ilk to‘qnashuvida braziliyalik Bruno Ferreyrani mag‘lubiyatga uchratgan. Hozirga qadar sportchi tashkilotda 3 ta jang o‘tkazib. 2 ta g‘alabaga erishdi, 1 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Ramzan Qodirov Nursulton Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made