Qodirov Erdo‘g‘anni ogohlantirdi
Olam
−
22 dekabr 2021
42303Chechiniston rahbari Ramzan Qodirov, Turkiya hukumatini Rossiya hududida terrorchilik va qo‘poruvchilik harakati bilan shug‘illangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Qodirov, Turkiyaning Ko‘rfaz shahrida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Checheniston Ichkeriya Respublikasining birinchi prezidenti Joxar Dudayev nomidagi bog‘ ochilishi ortidan, o‘zining Telegram’dagi kanalida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ochiq morojaat yo‘llagan.
Chechiniston rahbari Rossiyada terorchi deb e’lon qilingan guruhlar va shaxslarning Turkiyada boshpana topib, u yerda o‘zlarini mustaqil his qilayotganini tanqid qilgan. Unga ko‘ra, ushbu shaxslar Turkiyada o‘zlarini shunchalik erkin his qilishadiki, hatto, provokatsion, antirossiya ruhidagi o‘z nutqlarida bo‘xton uyushtirish va ayollarni ochiqdan ochiq tahqirlashdan tiyilishmaydi ham.
“Siz Turkiyada terakt sodir etib, prezidentni o‘ldirgan va ittifoqchi davlatdan turib uning rafiqasiga, oila a’zolariga va xalqiga tahdidlar qilgan hamda ularning sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilayotgan odamlarni Rossiyada boshpana topishini tasavvur qila olasizmi? Shaxsan men bunday beadab siyosiy harakatni tasavvur qila olmayman va shuning uchun Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ochiq murojaat qilmoqchiman”, deya ta’kidlagan u o‘zining yozganlarida.
U Turkiya rahbariga murojaat qilar ekan, uni “aniq qaror qabul qilishga” chaqirgan. Unga ko‘ra, Turkiya yo terrorchilarni oshkora qo‘llab-quvvatlovchi davlat maqomini olishi, yo o‘z e’tiqodini o‘zgartirmagan holda, Rossiya bilan shaffof va halol munosabatlarni saqlab qolishi lozim.
“Rossiya hududida terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslar Turkiyadan boshpana topib, u yerda bemalol guruh bo‘lib tadbirlar o‘tkazishda, parklarning nomlarini minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan qotillarning nomi bilan atashda davom etishar ekan, biz bunga qarshi jiddiy javob qaytarishga majburmiz”, deya qo‘shimcha qilgan Qodirov.
U Turkiyaga javob sifatida, Grozniyda Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi asoschisi, Turkiya qamoqxonalaridan birida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Abdulla O‘jalan nomini abadiylashtirishni taklif qilgan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi