Qobul Tursunov oxirgi ish kunida qariyb 22,5 mlrd ulashgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 noyabr kuni o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etilgan Navoiy viloyati sobiq hokimi Qobul Tursunov ketishi oldidan farmoyish chiqarib, bir qator tashkilotlarga jami 22 mlrd 491 mln so‘m mablag‘ ajratdi. Hokim imzolagan farmoyishda Yoshlar markazi binosini ta’mirlashdan tortib “Aholi dam olish maskani”ni qurish-ta’mirlash ishlarida yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash uchun ham mablag‘ ajratilganini ko‘rish mumkin. 

Mazkur farmoyishga ko‘ra, eng katta summa, ya’ni 8 mlrd 23 mln so‘m mablag‘ viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ajratilgan. Xususan, Prezidentining 2021 yil 27 maydagi PQ-5130-sonli qaroriga asosan, sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazish xarajatlari uchun 4 mlrd 23 mln so‘m, yangi tashkil etiladigan oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni ta’mirlash xarajatlari uchun 1 mlrd so‘m hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan dori vositalarini sotib olish xarajatlari uchun 3 mlrd so‘m pul berilgan.

Shuningdek, 2 mlrd so‘m mablag‘ maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kommunal to‘lov xarajatlarini qoplash uchun Navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga berilgan. Navbahor tuman xalq ta’limi bo‘limiga esa 8, 12 va 20-sonli umumta’lim maktablari binosini isitish tizimini ta’mirlash xarajatlari uchun 1 mlrd 326 mln so‘m ajratilgan.

Hokimning farmoyishida 22 mlrd 491 mln so‘m mablag‘ning 22 mlrd 291 mln so‘mi viloyat mahalliy byudjetining 3-chorak daromadlarning rejadan orttirib bajarilgan qismi hisobidan, 200 mln so‘mi viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing