QQS summasini 95 foiz holatda noqonuniy hisobga olish fakti tasdiqlandi

Jamiyat

image

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 fevral holatiga Respublikamiz bo‘yicha jami 4048 ta korxonada 582,1 mlrd so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlangan. 

Natijada:

  • 3 842 ta, ya’ni 95 foiz korxonada (550,5 mlrd so‘m) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi; 
  • 76 ta, ya’ni 1,9 foiz (11,7 mlrd so‘m) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
  • 130 ta, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 3,2 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 19,9 mlrd so‘mlik QQS summasi to‘g‘ri hisob (zachet)ga olinganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. 

Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlangan. 

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 120 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,4 mlrd so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made