Qizlarimiz o‘qimaydi, deymiz, chunki o‘zimiz o‘qitmaymiz — Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda quvalik bog‘bon Mastura Sayfullayeva tajribasini namuna qilib ko‘rsatdi. U Surxondaryoga kelib, anorchilikni ilmiy asosda rivojlantirish uchun Agrar universitetning viloyat filialida tahsil olayotgan talaba qizlar va tadqiqotchi ayollarni ishga jalb qilgan.

“Kecha men ular bilan uchrashdim. Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Menga sohani rivojlantirishni ilmiy asoslab tushuntirib, shunday batafsil ma’lumot berishdiki, ularning intilishiga havasim keldi, mehrim oshdi. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak. Bunday olima ayollarimiz, qizlarimiz oilasiga ham, atrofdagilarga ham foyda keltiradi, o‘zidan ilm nurini sochadi”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolovga anorchilik yo‘nalishidagi kafedra mudiri va tahsil olayotgan yosh olimalarni anor yetishtirish tajribasini o‘rganish uchun ilg‘or xorijiy davlatlarga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida, universitet qoshida Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing