“Qizil”da to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqasiga urilgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Lacetti avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqa tomoniga borib urildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 10 iyun kuni soat 22:00 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani KXAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi F.E. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan, 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Oqibvtda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing