Qiynoq masalasi O‘zbekistonda kun tartibidan chiqib ketishi kerak – Norboyeva
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
3201Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva qiynoqlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Respublikamizda bu narsaga mutlaqo o‘rin qolishi kerak emas. Hozir insonga bo‘lgan e’tibor shu darajada kuchliki, qiynoq degan masala O‘zbekistonning kun tartibidan chiqib ketishi kerak. Bosh prokuratura, IIV, Ombudsmanning faoliyati tahlil qilinganda, mazkur masalaga alohida e’tibor beriladi va baho beriladi. Mas’ul qo‘mitalardan bu boradagi o‘rganishlar tahlillarini yanada kuchaytirish so‘raladi”, deydi Norboyeva.
Senat raisining ta’kidlashicha, joriy yilda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashuvchi komissiyasiga raislik qilish Senatga o‘tadi.
“Qolaversa, joriy yilda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashuvchi komissiyasiga raislik qilish Senatga o‘tadi. Shu bois komissiya faoliyatini yanada kuchaytirish joriy yilda oldimizda turgan eng muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi”, deydi Tanzila Norboyeva.
LiveBarchasi