Qishki qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish kerakmi?
Bu qiziq
−
04 noyabr 2020 4155 1 daqiqa
Qish fasli tobora yaqinlashib kelmoqda. Qo‘lqoplar qishning izg‘irinli kunlarida asqotadigan aksessuarlardan biridir. Xo‘sh, pandemiya sharoitida qalin qo‘lqoplarni qanday dezinfeksiya qilish kerak? Dezinfeksiya qilish shartmi?
Rossiyalik shifokor Yevgeniy Timakov bu haqda ma’lumot bergan.
"Qishda kiyiladigan qo‘lqoplar bilan yuzga tegish kerak emas. Ularni tarkibida vodorod peroksid bo‘lgan eritmalarda dezinfeksiya qilish maqsadga muvofiq", degan mutaxassis.
Shu bilan birga, u qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish shart emasligini, ularni yuvishni o‘zi kifoya etishini ham ta’kidlagan.
Mutaxassis agar qo‘lqoplar charmdan tayyorlangan bo‘lsa, ularni spirt bilan tozalash mumkinligini aytgan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 48 millionga yaqinlashmoqda. 1,2 milliondan ko‘p odam esa koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025