Qishda yonilg‘i sarfini kamaytirish uchun 7 maslahat

Foydali

image

Qishda avtomobil dvigatelini qizdirish, pechni yoqish va umuman yo‘lda yurishning qiyinlashishi sababli yonilg‘i sarfi ko‘payib ketadi. “Za rulem” jurnali yilning sovuq vaqtida avtomobilda harakatlanganda yonilg‘i sarfini kamaytirishning bir nechta yo‘llarini ma’lum qildi.

Birinchidan, yonilg‘i sarfini kamaytirish uchun mashina dvigatelini kuzovni qisqa vaqt qizdirish kerak. masalan, avtomobil kuzovini tozalash jarayonida. shu Bilan birga harakatni boshlaganda tezlikda birdan oshirib yubormaslik kerak.

Ikkinchidan, avtomobil ustini qor qoplagan bo‘lsa, uni to‘liq tozalash kerak. Shunda mashina yengillashib, shamolning qarshiligi kamayadi.

Yana bir maslahat, shinalardagi havo bosimini tekshirib borish. Negaki, sovuqda uning bosimi pasayib ketadi. Past bosim siljishga qarshilik yuzaga keltiradi va yonilg‘i sarfini orttiradi.

Kam egiluvchan motor moyidan foydalanish ham samara beradi. 

Yonilg‘i sarfini kamaytirish uchun avtomobil yopinchig‘idan ham foydalansangiz bo‘ladi. Chunki u isitishni tezlashtiradi va qisqa to‘xtashlarda motorning sovib ketishining oldini oladi.

Shuningdek, mashinadan barcha ortiqcha narsani olish kerak. Masalan tomdagi yukxonani. 

Oxirgi maslahat haydash uslubingizni qayta ko‘rib chiqing. Bir tekisda, keskin harakatlarsiz va tezlanishlarsiz harakatlanishga harakat qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

964

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing