Qirolichaga bosh eggan va qirolichani bosh egdirgan Filipp

Olam

image_2021-04-12_14-47-21
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya shahzodasi Filipp va qirolicha Yelizaveta II 70 yil birga yashadi. Ular bu vaqt ichida mamlakat uchun eng muhim daqiqalarda ham  birga yonma-yon bo‘ldilar.  Muhabbat asosiga qurilgan ushbu turmush davomida qirolichani shahzoda Filippdan boshqa hech kim yaxshi bilmagan. Hozir siz bilan ularning muhabbat tarixiga ko‘z tashlaymiz.

Ularning ilk uchrashuvi Dartmut Qirollik dengiz kollejida bo‘lgan. O‘sha vaqtda jasoratli 18 yoshli kursant yigit kroket va tennis o‘ynashni yaxshi ko‘radigan 13 yoshli malika Yelizavetaning xayolini o‘g‘irlagan. Ko‘p yillar davomida ularning  yoshlikdagi  sevimli mashg‘ulotlari do‘stlik darajasiga ko‘tarilib, urush yillarida yozishmalar va kamdan-kam tashriflar bilan bir-birini qo‘llab-quvvatlab turgan.  Shahzoda Filipp Qirollik flotida xizmat qilganida, malika o‘z xonasida uning fotosuratini saqlab qo‘ygan ekan.

Yunon shahzodasi bo‘lib tug‘ilgan Filipp tez-tez u hududdan bu hududga ko‘chib yurgan. Yurtidan quvg‘in bo‘lgandan keyin butun Yevropada sayohat qila boshlagan, butunlay mustaqil, tashabbuskor va hissiy jihatdan barqaror bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilgan. 

Yelizaveta  shafqatsiz dunyodan himoyalangan shoh saroyi devorlari orasida o‘sgan. Filipp esa tabiatan o‘zini tutib turadigan, uyatchan va mulohazali bo‘lgan.  Ular bir-birini mukammal ravishda to‘ldirganlar.

Baxtli damlar

Garchi Filipp bir yil davomida turmush qurish taklifini bildirgan bo‘lsa-da, 1947 yilga kelib, Yelizaveta  21 yoshga to‘lganidan keyin turmush qurishgan. To‘ydan bir oz oldin shahzoda Filipp Yelizavetaning onasiga maktub yozadi, unda u qizini to‘liq va shartsiz sevib qolganiga ishontiradi. Vestminister Abbeyidagi to‘yga ikki ming mehmon tashrif buyurgan.  Urush tugaganidan atigi ikki yil o‘tgan bo‘lsa ham mamlakat hali hamon vayronagarchiliklardan qutulmagan va bu to‘y o‘sha paytlar uchun noyob bayramga aylangan edi. Bu to‘yni Uinston Cherchill "urushdan keyingi Britaniyaning so‘ngan fonida yorqin chaqnash", deb atagan.

To‘ydan bir yil o‘tib, ular to‘ng‘ich farzandi, o‘g‘li Charlzni bag‘riga oldi. Oradan yana ikki yil o‘tib, qizi Anna tug‘ildi.  Shahzoda Filipp dengiz flotida ozroq vaqt karerasini amalga oshirgan va yosh oila Maltada bir muddat yashagan. So‘ng Filipp Chetskers esminetsida xizmat qila boshlaydi. O‘sha paytda ular odatiy hayotda, oila davrasida, farzandlari yonida iliq iqlim sharoitida, saroylardan va qirollik ishlaridan uzoqda baxtli hayot kechirgan.

Yelezavetani qirolicha bo‘lishi va Filippning  yordamchi roliga o‘tishi

Hamma narsa 1952 yil 6 fevralda qirol Jorj VI ning vafoti bilan o‘zgarib ketdi. O‘sha payti Yelizaveta atigi 25 yoshda, Filipp esa 30 yoshda edi. Ular ertami-kechmi taxtga o‘tirishini bilar, lekin o‘zlariga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir necha yillik hayot qolganiga umid qilishardi.

Edinburg gersogi unvonini olgan shahzoda Filipp uchun rafiqasining toj kiyishi o‘zining harbiy martabasini tugatganligini anglatardi. Kemalarni boshqarishga odatlangan odam uchun yordamchi rolga o‘tish oson bo‘lmagan, albatta.

Shuni unutmasligimiz kerakki, 1950-yillari xotin darajasi nuqtayi nazaridan eridan ustun bo‘lishi juda kam uchragan. Shuningdek, malika uchun  o‘sha paytda yosh ona bo‘lishiga qaramasdan qirolichalik vazifasi eng muhimi bo‘lgan. 

Filipp uchun ayolining yangi lavozimiga moslashish…

Shahzoda Filippga turmush o‘rtog‘ining yangi lavozimidaligiga moslashishga biroz vaqt kerak bo‘ldi va bu ko‘pincha saroy ahli bilan ziddiyatlarga olib kelgan.

1956 yilda shahzoda Filipp to‘rt oy davomida Buyuk Britaniyaning eng uzoq mamlakatlariga sayohat qiladi va ko‘pchilik uning xotiniga sodiqligidan shubha qila boshlaydi. Ammo shunga qaramasdan, juftlikni bir-biriga bo‘lgan ishonch va sadoqat tark etmaydi. 

Gersog qirolichaga davlat rahbari sifatidagi vazifasini bajarishiga imkon beradi va oila boshlig‘i rolini o‘z zimmasiga oladi. 1960 yilda tayyorlangan qirol oilasi hayoti haqidagi hujjatli filmda shahzoda Filipp barbekyu tayyorlayotgani va qirolicha idish-tovoq yuvayotgani epizodi aks etadi.

U mamlakat miqyosidagi barcha tadbirlarda – davlat tashriflarida, parlament sessiyalarining har yilgi ochilishida, yubiley va ibodatlarda qirolichaga hamrohlik qilgan. Har qanday tasvirda ular har doim bir-birlariga qarashlari va deyarli sezilmaydigan tabassumlari bilan almashishganini ko‘rishingiz mumkin. Bu eng rasmiy voqealar o‘rtasida ularning shaxsiy kichik daqiqalari edi.

Filipp nafaqada, qirolicha esa jamoat oldida yolg‘iz

Qirolicha itlar va otlarni juda yaxshi ko‘rishini va ko‘p vaqtlarini seleksionerlar hamda ot poygalari ustozlari bilan o‘tkazishini butun dunyo biladi. Shahzoda Filipp butun umri davomida taniqli sportchi bo‘lgan, oilaviy mulklarni boshqarishda faol ishtirok etgan va so‘nggi yillarda ularni tez-tez aravada ko‘rishgan. Ular Vindzor saroyi va Sandringem mulki bog‘larini aylanib chiqishgan.

2017 yilda gersog Filipp nihoyat jamoat ishlaridan nafaqaga chiqishga qaror qiladi. Shundan so‘ng odamlar qirolichani jamoat oldida yolg‘iz o‘zi yoki qirollik oilasining boshqa a’zolari hamrohligida ko‘rishga odatlandi.

Qirollik karantinda

Birgina kamchilik shundaki, qirolicha ko‘p vaqtini London va Vindzorda o‘tkazgan. Albatta, ular doimo telefonda gaplashishgan, ammo jismoniy jihatdan bir-biridan ajralib qolishgan.

Pandemiya yuz berganida, ular Vindzor saroyida birgalikda izolyatsiya qilinib, karantinda yashagan va xizmatchilarini ham kamaytirgan. 2020 yil martidan boshlab, hayotlarining so‘nggi yillarini  pandemiya tufayli birga o‘tkazgan. Saroy xonalarida o‘tirgan holda, ular birgalikda ko‘rgan va boshdan kechirgan barcha narsalarni soatlab eslashgan.

Yelizaveta uchun og‘ir yo‘qotish

Shahzoda Filipp 70 yildan ortiq vaqt davomida bir-birlari uchun hayotdagi yagona suyanadigan inson bo‘lib kelgan. Uning o‘limi malika uchun chuqur va o‘rnini bosmaydigan yo‘qotishdir. Ularning muhabbati hech qachon ommaga ko‘z-ko‘z qilinmagan, ammo, abadiy va eng aql bovar qilmaydigan voqealar sifatida yodda qoldi.

Yulduz Abdurashidova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing