Qirolicha Yelizaveta II ning jasadi Bukingem saroyiga olib kelindi

Olam

image

Kecha, 13 sentyabr kuni kechqurun marhum Qirolicha Yelizaveta II ning jasadi solingan tobut Britaniya monarxlarining Londondagi qarorgohi – Bukingem saroyiga yetkazildi. Yetti mashinadan iborat dafn marosim korteji harakatini mamlakatning asosiy telekanallari jonli efirda uzatib bordi.

Bundan oldin Buyuk Britaniya qirollik standarti bilan qoplangan qirolichaning eman tobuti Edinburgdan London g‘arbidagi Qirollik havo kuchlarining Nortxolt aviabazasiga yetib kelgan edi. Boeing C-17 Globemaster harbiy transport samolyotini Britaniya hukumati rahbari Liz Trassni kutib oldi.

Saroyda katafalkani Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III hamda konsort-qirolicha Kamilla, taxt vorisi Uels shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi malika Keyt kutib oldi. Yelizaveta II ning qizi malika Anna onasining jasadini Balmoraldan Bukingem saroyigacha kuzatib bordi.

Tobutni an’anaviy ravishda Britaniya monarxi qo‘mondonligi ostidagi Grenader gvardiyasi a’zolari yelkalarida saroyga olib kirdilar, Koldstrim polki gvardiyachilari esa mashhur ayiq shlyapalarini kiyib, marhum qirolichani salomlashdi.

Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. U Britaniya tarixidagi eng uzoq – 70 yilu yetti oy hukmronlik qilgan monarx bo‘ldi. Yangi monarx uning to‘ng‘ich o‘g‘li, 73 yoshli Charlz bo‘lib, taxtda Charlz III nomini oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing