Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri ukasini hokimlik lavozimidan ozod qildi
Olam
−
05 fevral 2021
8981Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Ulukbek Maripovning ukasi Boqitbek Maripov O‘sh viloyati Novqat tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi devonining Axborot ta’minoti bo‘limi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, bu Bosh vazir Ulukbek Maripov tomonidan manfaatlar to‘qnashuvidan qochish uchun qabul qilingan ilk qarorlardan biri hisoblanadi. E’tiborlisi, Boqitbek va Ulukbek Maripovlar aka-ukalardir.
Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari ijro etuvchi hokimiyatning bir qismidir va bevosita Bosh vazirga bo‘ysunadi.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ulukbek Maripovga Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubini yo‘llagandi.
LiveBarchasi