Qirg‘izistonning yana ikki banki “Mir” kartalariga taqiq qo‘ydi
Olam
−
18 Oktabr 2022
2590Qirg‘iziston tijorat banklari – "Doskredobank" va "Bakay Bank" Rossiyaning “Mir” kartalari bilan operatsiyalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni TASS agentligiga banklarning operativ bo‘limlariga tayanib xabar berdi.
“Mir” kartalari xizmati, afsuski, to‘xtatildi, bu bizning bankimizning ichki qaroridir”, deydi “Bakay Bank” vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taqiqning ta’siri uzoq davom etadi.
“Bugundan boshlab bank ekvayring tarmog‘ida Milliy to‘lov kartalari tizimi “Mir” kartalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi”, deyiladi “Doskredobank” rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.
Faoliyatni qayta tiklash muddati va ularni to‘xtatib turish sabablari ko‘rsatilmagan.
Bir necha kun oldin Qirg‘izistonning yana bir banki – “Kompanon” Rossiya banklarining “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni noma’lum muddatga to‘xtatgandi.
Ma’lumot o‘rnida, hozir Qirg‘izistonda jami yigirmadan ortiq tijorat banklari faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi