Qirg‘izistonning sobiq muftiysi Maqsadbek To‘xtomushev hibsga olindi
Olam
−
11 fevral 2021
21765Qirg‘iziston musulmonlar diniy idorasining sobiq rahbari Maqsad hoji To‘xtomushev hibsga olingan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bir kun oldin hibsga olingan Musulmonlar diniy idorasining bosh buxgalteriga qarshi davlat qo‘mitasi xodimlariga pora berish faktlari bo‘yicha sudgacha tergov ishlarini olib bormoqda.
Tergov harakatlari natijasida sobiq muftiy Maqsad hoji To‘xtomushevning ham ushbu jinoyatni sodir etishda ishtirok etgani aniqlangan. Shuningdek, Haj ziyoratiga kelganlar tomonidan qo‘shilgan mablag‘lardan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida rad etib bo‘lmaydigan dalillar qo‘lga kiritilgan.
Olingan dalillarga asoslanib, kecha, 10 fevral kuni muftiy Maqsad hoji To‘xtomushev jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi faktlar bo‘yicha tergov davom etmoqda. Uning natijalariga ko‘ra barcha jinoiy ishlarga jalb qilingan shaxslarga tegishli huquqiy baho berilib, bu haqda jamoatchilik o‘z vaqtida xabardor qilinadi.
LiveBarchasi