Qirg‘izistonning 2 ta yirik banki “Mir” to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Olam

image

Qirg‘izistonning ikki tijorat banki “Optima Bank” va “Bay Tushum” Rossiyaning “Mir” kartalari bilan operatsiyalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda banklarning saytlarida xabar berildi.

“Optima Bank” OAJ “Mir” to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga qaror qilganligini ma’lum qilamiz. Bank “Mir” to‘lov tizimi bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni to‘xtatdi – ekvayring tarmog‘idagi POS-terminallar va bankomatlar bo‘yicha operatsiyalar, “Mir” to‘lov tizimidan kiruvchi pul o‘tkazmalari”, deyiladi “Optima Bank” saytida.

Shuningdek, “Bay Tushum” banki ham o‘z mijozlariga “Mir” bank kartalari xizmatini to‘xtatib qo‘ygani haqida ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, sentyabr oyida Qirg‘izistondagi “Osiyo Banki”, “Xalq banki”, “Demir Bank”, “Qirg‘iziston”, “Kompanion”, “Bakay bank”, davlat “Ayil Bank”i va “Doskredobank” mir kartalari bilan ishlashni to‘xtatgan edi.

Bundan oldin, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonda ham Rossiyaning “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing