Qirg‘izistonlik vazir Abduhakim Hojiboyev bilan qo‘l berib ko‘rishmadi va buning sababini aytib berdi

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, 11 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarni yakunlagach, imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev hujjatlarni almashish marosimida nima uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev bilan qo‘l berib ko‘rishmaganini aytib berdi.

“Protokolga ko‘ra, faqat shartnomalarni almashtirish zarur edi. Barcha vazirlar qo‘l berib ko‘rishmadi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri buni unutganga o‘xshaydi. O‘z navbatida, men buning mumkin emasligini aytdim va qo‘limni bermadim”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 22 ta hujjat imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing