Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekiston singari burqa kiyishni taqiqlash kerakligini aytdi

Olam

image

Qirg‘izistonlik deputat mamlakatda O‘zbekistondagi kabi burqa va yuzni berkituvchi kiyim kiyishni taqiqlash kerakligini aytdi. Bu haqda "Sputnik Kirgizstan" xabar berdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Sharapat Majitovaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda bunday kiyim kiyadigan ayollar soni haddan ziyod ko‘paygan.

“Men ro‘molga qarshi emasman, hamma ro‘mol o‘rasin. Lekin yuzni berkituvchi va odamni tanib bo‘lmaydigan kiyim kiyish mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin. Mamlakat miqyosida ushbu masala yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish vaqti keldi”, degan deputat.

Ma’lumot uchun, burqa - ayollar yuzlarini ko‘rsatmasliklari uchun taqadigan ust kiyim. Bunday turdagi yuzni yopib turuvchi kiyinish shakllari islomdan oldingi davrlardan buyon mavjud bo‘lib, ayniqsa pushtun va arab ayollari orasida keng tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov bitta oilani eplolmagan “qahramonlar” va behujjat ayollar ko‘payib ketganligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing