O‘zbekistonda bloklangan nashr Qirg‘izistonda ham yopilishi mumkin

Jamiyat

image

Bishkek prokuraturasi “Kloop Media” jamoat fondini (Kloop.kg sayti) tugatish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda “Настоящее Время” nashri xabar berdi.

“Kloop Media” jamoat fondi (Kloop.kg sayti) hokimiyatni obro‘sizlantiradigan materiallar tarqatgani tufayli Bishkek prokuraturasi tomonidan Oktyabr va Pervomayskiy tuman sudlariga uni tugatish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan.  

Unga ko‘ra, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) “Kloop” materiallari hozirgi hukumatning siyosatini keskin tanqid qilishga qaratilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonda “Barselona” futbol klubi akademiyasi ochilishi yuzasidan surishtiruv e’lon qilgan nashr jurnalistlarini tanqid qilgan edi.

Japarov “o‘zini mustaqil jurnalist deb ataydiganlar qirg‘iz xalqiga foyda emas, faqat zarariga o‘ynashi”ni aytib, endi ularning faoliyati “bunday davom etmasligi”ga urg‘u bergan.

Bundan oldin “Kloop” jurnalistik surishtiruv o‘tkazib, “Barselona” futbol klubi franshizasi egalari orasida MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyevning qarindoshlari va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning yaqinlari borligini aniqlangan edi. 

Shundan so‘ng, Sadir Japarov ham jurnalistlarning ma’lumotlarini tasdiqlagan, faqat loyiha xususiy mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgani, davlat byudjeti sarflanmaganini aytib o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, mustaqil nashr o‘z faoliyatini 2007 yil iyun oyida boshlagan va u yangiliklar “lenta”sidan tashqari, hisobot berish, ma’lumotlarni o‘rganish va korrupsiyaga oid tahlillari bilan mashhur. Shuningdek, “Kloop Media” davlat OAV reyestriga kiritilmagani,tashkilot nizomida esa ma’lumot tarqatilishi ko‘rsatilmagani da’vo qilinmoqda. Nashr O‘zbekistonda ham bloklangan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg‘iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar