Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar endi tekinxo‘r bo‘l(ol)maydi
Olam
−
22 dekabr 2022 13293 2 daqiqa
Qirg‘iziston parlamenti mamlakatning sobiq prezidentlariga kafolatlar to‘g‘risidagi qonunga sobiq davlat rahbarlarini davlat dacha va hukumat aloqalaridan umrbod foydalanish huquqidan mahrum qilishni ko‘zda tutuvchi tuzatishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi xabar berdi.
“O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti respublikaning yangi saylangan prezidenti o‘z lavozimiga kirishgan kundan boshlab bir oy muddatda davlat qarorgohi hududida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlaridan foydalanishni to‘xtatadi”, deyiladi matbuot xabarida.
Qonun loyihasini parlamentga hukumatparast “Ata-Jurt Qirg‘iziston” (Ota-yurt Qirg‘iziston) fraksiyasi deputati Jenishbek Toktorboyev kiritgan.
Shu bilan birga, o‘zgartirishlar Qirg‘izistonning sobiq prezidentining o‘z mablag‘lari hisobidan davlat xavfsizligidan foydalanish huquqini, shuningdek, davlat qarorgohida vaqtincha yashovchi mansabdor shaxslarning kommunal to‘lovlarni o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lash huquqini ham nazarda tutadi.
Shu paytgacha Qirg‘izistonning sobiq prezidentining maqomi to‘g‘risidagi qonun sobiq davlat rahbarlariga umrbod davlat himoyasi, davlat uy-joylari, bepul transport va tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqini bergan edi. Sobiq prezident davlat rahbari oylik maoshining 75 foizi miqdorida umrbod nafaqa ham oladi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston so‘nggi 30 yil ichida eng ko‘p Prezident ko‘rgan Markaziy Osiyo davlati sanaladi. Mamlakatni 1991 yildan 2005 yilgacha Asqar Akayev, 2005 yildan 2010 yilgacha Qurmanbek Bakiyev, 2010 yildan 2011 yilgacha (muvaqqat hukumat) Roza Otunboyeva, 2011 yildan 2017 yilgacha Almazbek Atamboyev, 2017 yildan 2020 yilgacha Sooronboy Jeenbekov boshqargan. 2021 yilning yanvaridan boshlab prezident kursisini Sadir Japarov egallab kelmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025