Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot rahbari pora bilan ushlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Korrupsiyaga qarshi xalq harakati” jamoat birlashmasi direktorini pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushladi. Bu haqda boshqarma matbuot markaziga tayanib, “24 kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Korrupsiyaga qarshi xalq harakati” direktori Almazbek Kanquliyev Keminskiy tuman IIB tomonidan ko‘rib chiqilayotgan Kichi-Kemin qishloq okrugi rahbarining moliyaviy faoliyatini tekshirishni to‘xtatgani uchun undan pul undirgan.

Almazbek Kanquliyev jamoat birlashmasi maqomidan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi aloqalar niqobi ostida vaqti-vaqti bilan davlat muassasalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga byudjet mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda manfaatdor boshqa ma’lumotlarni so‘rab kelgan. U o‘z so‘rovlarini bajarishdan bosh tortgani uchun tekshirish o‘tkazish bilan qo‘rqitib, prokuratura va Hisob palatasiga arizalar kiritish orqali tizimli ravishda pul undirgan.

Bundan tashqari, Almazbek Kanquliyev pudratchilarga hamkorlikni taklif qilib, tenderlarda ijobiy qaror qabul qilishni va’da qilgan va buning uchun e’lon qilingan tender summasining 10 foizini talab qilgan. Rad etilgan taqdirda esa ularning tashkilotida audit o‘tkazishga harakat qilish bilan tahdid qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Almazbek Kanquliyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tezkor tergov harakatlari esa davom etmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing