Qirg‘izistonda kazino ochilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Maksim Gorkiy nomidagi bog‘da kazino ochilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “24.kg” xabar bermoqda.

“Biz musulmonlar sifatida haromni haloldan ajratishimiz kerak. Byudjetni to‘ldirish uchun dalillar asossiz. Prezident va Jo‘qorg‘i Kenges buni to‘xtatishi kerak. Xazinani to‘ldirish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish kerak. Buning uchun bizda barcha resurslar va imkoniyatlar mavjud. Ular ta’limni rivojlantirmaydi, shuning uchun bizning fuqarolarimiz chet elga ko‘chib ketadi”, deydi namoyishchilardan biri Miktibek Arstanbek.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari – eks-spiker Dastanbek Jumabekov va Baqtibek Turusbekov Qirg‘izistondagi kazinolar va bukmeker idoralari faoliyatini qayta boshlashni taklif qilmoqda. Ularning ta’kidlashicha, qimor uylari kerak, lekin faqat ixtisoslashgan ma’muriy mintaqada va faqat chet elliklar uchun bo‘lishi kerak. Zona mahalliy fuqarolar uchun yopiq bo‘ladi.

Joriy yilning 21 aprel kuni qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Unga 68 deputat ovoz berdi, 23 kishi qarshi chiqdi.

Prezident Sadir Japarov ushbu tashabbus byudjetni to‘ldirishga qaratilganini tushuntirib, qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘izistonda 2015 yildan beri qimor o‘yinlari, lotereyalar va bukmekerlik idoralari taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing