Qirg‘izistonda dahshatli YTH yuz berdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek-O‘sh trassasida (Suusamir vodiysi) yuz bergan dahshatli avtohalokatda olti kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” nashri xabar berdi.

Mercedes-Benz va Toyota Alphard avtomobillari to‘qnashib ketdi. Ikki mashinada jami 14 kishi, jumladan, 10 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola bo‘lgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek-O'sh YPH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar