Qirg‘izistonda chegara hudud aholisi qurollanishiga ruxsat berilyapti. Davlat mudofaasi shunchalar zaifmi?

Olam

image

Qirg‘iziston bir qator qonunlarga chegaradosh hududlardagi tinch aholi tomonidan qurol-yarog‘ olishning soddalashtirilgan tartibini va ixtiyoriy safarbarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritdi. Bu haqda “Cabar” agentligi xabar berdi.

Joriy yilning sentyabrida qirg‘iz-tojik chegarasida qurolli to‘qnashuvga aylangan so‘nggi mojaro oqibatida Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari aholisini qurollantirish masalasini yana ko‘tarildi.

Chegaradagi voqealardan bir oy o‘tib, 20 oktyabr kuni mamlakat parlamenti respublikaning mudofaa qobiliyatiga oid bir qator qonunlarga o‘zgartirishlarni birdaniga uchta o‘qishda qabul qilgandi.

Qonunlarga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning barcha chegaradosh viloyatlari aholisi ov qurollarini sotib olish va olib yurish uchun soddalashtirilgan tartibda ruxsat olishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ularga hech qanday tajriba yoki ovchilik tashkilotlariga a’zolik kerak emas.

Bundan tashqari, “Safarbarlik to‘g‘risida”gi qonunda yangi atama – ko‘ngilli otryadlar kiritilib, ixtiyoriy safarbarlik nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, Qirg‘izistonning 18 yoshga to‘lgan har bir fuqarosi o‘z ixtiyori bilan harbiy ro‘yxatdan o‘tib, o‘z vatanini himoya qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Prezidentning safarbarlik e’lon qilish vakolatlari ham kengaymoqda. Endi u buni parlament bilan muvofiqlashtirishiga hojat bo‘lmaydi va Prezident yolg‘iz qaror qabul qilishi mumkin. Buning uchun endi harbiy holat joriy qilish shart bo‘lmaydi. Davlat rahbari ham safarbarlikka rahbarlik qilish vakolatiga ega bo‘ladi.

Kiritilayotgan yangiliklardan yana biri shuki, safarbarlik chog‘ida aholi o‘z talabiga ko‘ra harbiylarga shaxsiy transporti va mol-mulkini taqdim etishi shart. Avval bu faqat harbiy holat sharoitida mumkin edi.

Yangi tuzatishlarga ko‘ra, chegara komissari maqomini olish uchun bir qator talablar, jumladan sudlanganlik va harbiy xizmat tajribasini olib tashlanadi va ularning huquqlarini kengaytiriladi.

Ammo mutaxassislarning fikricha, chegaraga yaqin aholiga vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga ruxsat berilishi bu davlatning o‘z chegaralarini himoya qila olmasligini tan olishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing