Qirg‘izistonda bir kunda ikkinchi marta poytaxtga yangi mer tayinlandi
Olam
−
10 fevral 2021
6528Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulukbek Maripov mamlakat poytaxtining yangi meri vazifasini bajaruvchisini tayinladi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumati Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Baqtibek Xudaybergenov yangi mer saylangunga qadar Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahri meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu qaror Bosh vazir Maripov tomonidan imzolandi”, deyiladi xabarda.
Vazirlar Mahkamasi rahbarining yana bir buyrug‘i bilan Ermek Nurgaziyevni Bishkek meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan. Nurgaziyev o‘z vazifasini xuddi shu kuni boshlashi kerak edi. Avvalroq hokim Balbak Tulobayev iste’foga chiqishini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi